Sensizlikka chidab yashadim,
Tog'lar hayron bardoshlarimga,
O'ylayverib oxir charchadim,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.
Xiyonatdan bezigan yurak,
Ko'nglim sovib bo'lgan jonsarak,
Oxirgi yo'l. Unutmoq kerak,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.
Dildan aybim o'chiring dema,
Gunohlarim kechiring dema,
Endi ortiq g'amimni yema,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.
Essiz shuncha, bedor tunlarim,
G'am ichida o'tgan kunlarim,
Uvol sevga sof tuyg'ularim,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.
Yurakkinam og'ridi yomon,
Nafrat to'ldi qalbimga ishon,
Yig'lamayman endi hech qachon,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.
To'g'ri aytgan ekan do'stlarim,
Ochildiku endi ko'zlarim,
Oshiq Ahad so'nggi so'zlari,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.
Sensizlikka chidab yashadim,
Tog'lar hayron bardoshlarimga,
O'ylayverib oxir charchadim,
Arzimaysan ko'z yoshlarimga.