Hech qachon yurmangiz siz yomon yo'lga,
Hayotni o'yinchoq bilmang ayollar,
Murg'ak jonni tashlab begona qo'lga,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
Janjal qilaversa har kun ermakka,
Qasd qilib yashamang bitta erkakka,
Quloq tutish kerak doyim yurakka,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
Yolg'iz yashang mayli orsiz yashamang,
Benomusdan qoching unga o'xshamang,
Dushman uchun to'rdan to'shak tashlamang,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
Mana, farzandingiz halol yediring,
Tarbiyadan so'zlab, halol kiydiring,
Dilni iymon nuri bilan to'ydiring,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
Sabr qiling hayot yana baxt berar,
Tuhmatchilar kelib uzrini so'rar,
G'iybatchilar hali uyatda qolar,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
Katta bo'lib bir kun g'amingiz yeydi,
Bir kun rahmat sizga onajon deydi,
Farzand deb rohatdan kechinggiz mayli,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
Aslo og'ir olmang mish-mishlar yukin,
Taqdir tenginggizni uchratar sekin,
Har sinovga rozi bo'linggu lekin,
Bolanggizni yetim qilmang ayollar.
So'zin og'ir olmang Ahad Qayumni,
Dilin og'ritmiqchi emas hech kimni,
Tushuning itimos mening gapimni,
Bolangizni yetim qilmang ayollar.