» Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Bir ko'rishda sevib qoldim yolg'izimni,
Yagonamni, tanhoyimni, tengsizimni,
Kema edim topdim endi dengizimni,
Ko'zlarimda ishqdan go'zal olam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Kel go'zalim, yashnataylik bahorlarni,
Kel go'zalim, dildan haydab ozorlarni,
Diydorlarni gullataylik diydorlarni,
Dilga ishqdan o'zga biror malham yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Suyganimga kecha kunduz parvonaman,
Yulduzim deb, savdoyiman devonaman,
O'ylayvergan sayin yana quvonaman,
Baxtli kunlar ko'zlarimda yonar cho'g'day,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Yurak to'la yashar edim tilaklarga,
Ishonardim tongday go'zal ertaklarga,
Ko'ngil bermay soxta surat malaklarga,
Menikiday bossa shahdam qadam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Tushlarimda kirgan go'zal yonimdadir,
Muhabbati yuragimda jonimdadir,
Sevging oqar tomirinda qonimdadir,
Armonim yo'q qalbimda dard nolam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Oshiq Ahad shodlan bugun yashna bugun,
Yurakkinam muhabbatga tashna bugun,
Sevgi bilan visol do'stdir oshna bugun,
Baxt shodlikdan ota onam ko'ngli to'qday,
Bu dunyoda bizdan baxtli odam yo'qday.
Bir ko'rishda sevib qoldim yolg'izimni,
Yagonamni, tanhoimni, tengsizimni,
Kema edim topdim endi dengizimni,
Ko'zlarimda ishqdan go'zal olam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Похожие новости
- Yashang bu dunyoda eng baxtli bo’lib.
- Yashang bu dunyoda eng baxtli bo’lib.
- Yashang bu dunyoda eng baxtli bo’lib.
- Bu yolg'on dunyoda yolg'onci bo'lma.
- Zorim bu dunyoda sog'inch bir armon, Qalbimni azoblar xijronlar xamon.... Yuragim bir sizga talpinar yomon, Nima qilsin qalbim sizni SOG
- Bu dunyoda sevgisiga barcha birdek yetolmas
- Istar edim dunyoda faqat, Baxtli hayot sizga yor bo'lsin. Boqib turgan shaxlo ko'zlariz Yana ming ming bahorni ko'rsin!
- Men bu dunyoda sizni dedim Yuragim ichra tanhoyim dedim Sevgim aytay deymanu aytolmayman Tug'ilgan kuningizda sovg'a qilaman.
- Bir sinfda o`qir ekanmiz , So`zlarimiz doim samimiy Bu dunyoda yashar ekanmiz Do`stligimiz bo`lsin abadiy .
- Dunyoda eng baxtli qaynona bo'lsin