Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Chin bir inson bo'lsin bas.
Shunday do'st top u sening, 
Pulingga do'st bo'lmasin.
Sovg'ayu salomingga, 
Gulingga do'st bo'lmasin. 
Shunday do'st top yiqilsang, 
Tepib o'tib ketmasin. 
Mansab yo ayol uchun, 
Seni arzon sotmasin. 
Shunday do'stlarni ko'rdik, 
Arzimas do'st deyishga, 
Bilolmaysan ularga, 
Nima deb nom qo'yishga. 
Shunday do'st top boringda, 
Yo'g'ingda ham do'st bo'lsin. 
Boshinhdan omad ketgan, 
Chog'ingda ham do'st bo'lsin. 
Shunday do'st top otang ham,
Qilmagan ishni qilsin. 
Akang ukang bo'lmasa, 
Yoningda tayanch bo'lsin. 
Shunday do'stlarni ko'rdik, 
Arzimagan gapni deb. 
Yashaydilar qasdlashib, 
Bir birini go'shtin yeb. 
Shunday do'st top ko'rganlar, 
Otangga rahmat desin. 
Do'stingga qaraganda, 
Sening kimliging bilsin.

Shunday do'st top bir o'zi, 
O'ntani o'rnin bosar. 
Ortiqcha ig'volaru, 
G'iybatlar yo'lin to'sar. 
Shunday do'st top ey Ahad, 
Shuhrating, nomingamas. 
Yuragingni tushunar, 
Chin bir inson bo'lsin bas.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: inson, Bir, Chin, bas., BO'LSIN

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20