» Gohida muhabbat haqorat do'stim
Dunyoda hammaning tutgan yo'li bor,
Kimlardir yolg'iz-u, kimning jufti bor.
Barcha totlining ham achchiq, sho'ri bor,
Sevgida shu bari TUMONAT, do'stim.
Birov hijronidan kuyadi bugun,
Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib so'rama: "azoblar nechun?"
Muhabbatga kerak MATONAT, do'stim.
Ko'zlarni yuvadi o'rtangan yoshlar,
Gohida SEVGIGA otilar toshlar.
Bo'ysinib egilur ne MAG'RUR boshlar,
Sevgini anglash ham MATONAT, do'stim.
Sevgan muhabbatdan oladi saboq,
Muzlagan yurakni qiladi qo'rqoq.
Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham JASORAT, do'stim.
Tunlar uyqularing olib ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi.
Ko'zga intizorlik solib ketadi,
Ishq maqtov, gohida HAQORAT, do'stim.
Sevgining qo'lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga solasang malham.
Shunda qo'yajaksan birinchi qadam,
MUHABBAT-KO'NGILGA HALOVAT, do'stim.
Kimlardir sevgidan ichadi sharob,
Kimningdir qalbida tomchilar zardob.
Yana kim uni deb xoru zor, harob,
Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.
Hissiz yuraklarga singdirib mehr,
Ayovsiz yetkazar sinash Bu jabr.
Sevgi g'ururlidir, lek suymas kibr,
Uni tuymoq mushkul BAG'OYAT, do'stim.
Похожие новости
- Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.
- Gohida sevgini sevgim keladi, Gohida sevgini ko'rgim keladi. Gohida sevgini asrab avaylab, Gohida o'ldirib qo'ygim keladi...!
- Muhabbat biz uchun nima odamlar? Ming yillab kutamiz visol onini, Buni ishq utida kuyganlar bilar, Sevgidan yaratmush inson jonini.
- Muhabbat yondirdi
- Muhabbat
- Muhabbat qiynog'i
- Do'stim baxt iqbol doim yor bo'lsin Yurgan yo'llariz gullarga to'lsin Omadingiz ko'rib ko'zlar quvonsin Tug'ulgan kuningiz muborak bo'lsi
- Eshit do'stim, sen bu kun yomonlikdan qayt, Undan ko'ra savob qil, yaxshi so'zlar ayt, Men xam seni tabriklay shunday ulug' payt, Chunki bug
- Eshit do'stim, sen bu kun yomonlikdan qayt, Undan ko'ra savob qil, yaxshi so'zlar ayt, Men xam seni tabriklay shunday ulug' payt, Chunki
- Do'stim Qayg'urma