» JUDA SOG‘INDIM
Hijronlar qalbimni buncha ezadi,
Armonlar orzuning qasrin buzadi.
Yuragim bir senga zorlik sezadi,
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Armondir dardimni aytolmaganim,
G‘ururni yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir qaytolmaganim —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham,
Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Dardimni aytmadim, tishladim tilni,
Hijrondan ming karra g‘ashladim dilni,
Topmadim sen tomon boshlagan yo‘lni —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko‘zimda ko‘raman qora ko‘zingni,
Qaniydi, bir bora ko‘rsam o‘zingni,
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Похожие новости
- JUDA SOG‘INDIM
- ⚜ Sog'indim juda xam, juda xam qattiq ⚜ Chunki sevamanda jonimdan ortiq ⚜ Yonimda bir lahza bo'lishing uchun ⚜ Senga dunyolarni qilaman tort
- Bugun sizni juda sog'indim!
- Bugun sizni juda sog'indim!
- Quvonaman juda judayam, Quvonchizdan quvonar olam. Garchi gullar tutolmasam ham, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
- Yana bir juda qiziq mavzu
- Sung tarqaldik bizlar xartomon baxt izlagan yulchi singari, seni juda sogindim ishon. qancha olis ketganim sari. yillar utdi daryoday oqib.
- Quron tilovati yoqimli ovoz, bu ovozni tinglaganlar juda xam oz. Sen buyuk deb atagan uwa sevgidan, avzaldir 5 maxal uqilgan NOMOZ!!!