Sevgi sochni silashlar emas,
Telefonda so'zlashlar emas,
Sansirash-u sizlashlar emas,
Kechirasiz, sevgi bundaymas.
Suykalashib suyishlar emas,
Onash, begim deyishlar emas,
Faqat rashkda kuyishlar emas,
Kechirasiz, sevgi bundaymas.
Qo'l ushlashib yurishlar emas,
Dahanaki urishlar emas,
Har kun izhor qilishlar emas,
Kechirasiz, sevgi bundaymas.
Yolg'on ishqni ishq deya tanlab,
Shu ishqqa ishonib yor saylab,
Umrbod yashamang attanglab,
Kechirasiz, sevgi bundaymas.
Siz o'ylagan sevgimas opa,
Siz o'ylagan-oddiy bir havas,
Siz o'ylagan sevgimas aka,
Siz o'ylagan - insoniy bir nafs.
Hozir aytgan bu gaplarimni
Boshqa hech kim sizlarga aytmas.
Lek uyat bo'lsada aytaman,
Hayot nafsdan iborat emas!!!