Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Ketavering ketsangiz nima.
Xiyonatning uzun yo'llari,
Tikon ekan bergan gullari,
O'ylamasman endi tunlari.
Ketavering ketsangiz nima.

Gar o'ylasam ko'nglim buzulib,
Daryo bo'lar dardim cho'zilib,
Osmon axir tushmas uzulib,
Ketavering ketsangiz nima.

Yer yorilmas suymasangiz xam,
Menga xech xam kuymasangiz xam,
Mayli qaytib kelmasangiz xam,
Ketavering ketsangiz nima.

Ketmaysizmi samoga uchib,
Yurmaysizmi yulduzni quchib,
Men baridan qo'yganman kechib,
Ketavering ketsangiz nima.

Bu jon tanim xijronda emas,
Bevafoni xech ko'ngli suymas,
Aldangan bir mengina emas,
Ketavering ketsangiz nima.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: ketsangiz, nima., Ketavering

Похожие новости

    Реклама
    Популярные клипы
    Опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 20