Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Malagimsan
O'zing mening qaro ko'zli malagimsan

Gul jamoling malaklardan erur bisyor

Ko'ksim ichra urib turgan yuragimsan

Zabonimda aylanadi isming takror

 

Faqat senga atalgandir qalbim to'ri

Menga o'zingdan O'zgasi hech kerakmas

O'zim bo'lay oshiqlaring mardi zo'ri

Faqatgina meni yolg'iz qo'ymasang bas

 

Sen muhabbat toji uzra misli gavhar

Senga yetmog'i dushvordir chekkan ohim

Bu dunyoda sevish gunoh bo'lsa agar

Bor bo'ladi unda faqat bir gunohim

 

Zulmat qalbim ziyolarga to'ldir bugun

Yo'llaringni poylayverib ko'zim giryon

Meni yutib yubormoqda hijronli tun

gar kelmasang armonlarda beraman jon
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Malagimsan

Похожие новости

    Реклама
    Популярные клипы
    Опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 20