» Men sizni bir umr kutdim...
Dardimni qog‘ozga bitib yashadim,
Alamlarim ichga yutib yashadim.
Umrim yo‘lga qarab o‘tdi Azizam,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Ezildim,-yolg‘izlik qa’riga botib,
Yuragimni armon doriga osib.
Oq qora rasmingiz bag‘rimga bosib,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Kutaverdim,kutdim,tolmadim bir dam,
Tilimda tasalli,ko‘zlarimda nam.
Kelmasligingizni bilib turib ham,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Umr oqib ketdi,cho‘zildi firoq,
Yuzga ajin indi,sochga tushdi oq.
Siz meni unutib ketdingiz biroq,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Bunda ishq xor bo‘ldi,iztirob g‘olib,
Ayriliq o‘rtadi,o‘rtaga olib.
Ming bitta hasratning o‘tida yonib,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Sizga na g‘am hamroh,va na bir ozor,
Chiroyli ko‘rindi bu ko‘hna bozor.
Ay lablari g‘uncha,ko‘zlari xummor,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Va bir kun ohista shivirladi lab,
"Nahotki umidim uzildi yo Rab?"
Sizku bu Dunyoni ketdingiz tashlab,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Похожие новости
- Unutmayman seni bir umr
- Men bilan gaplashsang atiga bir laxsa
- Shunda ham men sizni sevaveraman...!
- Nahotki men yig'layapman sizni deb bugun.
- MEN SIZNI SEVISHDA DAVOM ETAMAN!!!
- Men sizni Xudodαn so'rαgαn edim ..!
- Men bu dunyoda sizni dedim Yuragim ichra tanhoyim dedim Sevgim aytay deymanu aytolmayman Tug'ilgan kuningizda sovg'a qilaman.
- TILAGIM DOIMO YODIDA TURING, SEVGAN YORINGIZNI HAYOLI BO'LIB. BIR UMR SHODUMON, ZAFARLI YURING, DUNYONING ENG BAXTLI INSONI BO'LIB!!!!
- Men 10,000 zarbani o‘rgangan odamdan qo‘rqmayman. Men bir zarbani 10,000 marta o‘rgangan odamdan qo‘rqaman
- Men bilan gaplashsang atiga bir laxsa