Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Men yomg'irdi sevaman SizChi ?
Erta tonga qalbimga shu maslahatni berdim,
Keyin bul savollarning javobin izlab ko'rdim.
Javob bunda ho'p oddiy, takrorlab barchasini,
Duradgor asbob ila ochib qalb darchasini.

Yurak degan idishga gil bilan qorib suvni,
Qalbga joyla ihlos va hushov degan yozuvni.
Niyat deb boshlanajak, satrga taqvo degan,
Jumlani qo'shib qo'ysang, undan zo'ri yo'q ekan.

Amal, amal va amal degan shiyor oldiga,
Tavbani bir amallab, tirkab qilsang qofiya.
Aniqki undan keyin keladigan so'zlarning,
Ko'pi qalbinga aytar, raxmatlar bo'lsin deya.

La Ilaha Illalloh Muhammadur Rosulilloh.
Faqat Allohdan madad, faqat Allohdan panoh.
Allohga hamd, Rosuliga salovat va salomlar,
Iymon honadoniga yetaklar shul kalomlar.

Honadon sohibidan izin so'rab kirganda,
Tavhid suvin sip qorib, kelmaslik kerak kanda.
Tashrifdan so'ng iymonga tavoze va taslimdan,
Nariga o'tib ketish farqi yo'qdir o'limdan.

G'ayblar olamidan yozilsa biror bir so'z,
Har bir kalimasin tasdiqla, tan ol so'zsiz.
Payg'ambarlar, kitoblar, farishtalar, qiyomat,
Ularing qatoriga taqdir ham kirar albat.

Shul so'zlarga shubhasiz qaramoqliging abad,
Bul honadonda seni saqlab qolgay salomat.
Baxtli, baxtsiz hayotlar borasidagi yozuv,
Ko'nglingni tub-tubida uyg'otmasa bas g'ulu.

Shundagina Jannatning yo'llari yaqinlashar,
Bundan boshqa biror yo'l, topa olmagan bashar.
Ammo unutmaginki mazkurlarning barchasi,
Ilm degan urug'siz ko'karmay shoxchasi.
Bas shul so'zlar kifoya qildim maning qalbimga,

Endi kurash boshlasak, bo'laverar xalqumga.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: men, SizChi, sevaman, yomg'irdi

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20