Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» MENI TANIDINGMI
Meni tanidingmi? Qara, men o'sha…
Tunlari ertaklar aytguvchi odam.
Saharlar poyingga jonini to'shab,
Armonlarga jonsiz qaytguvchi odam.

Meni tanidingmi? Qara, men o'sha…
Ishqini boshiga toj aylaguvchi.
Ismingga farishta so‘zini qo'shib,
Seni tanda jondek avaylaguvchi.

Meni tanidingmi?
Qara, men o'sha…
Osmonlarga boqib
Seni sog'ingan.

Meni tanidingmi? Qara, men o'sha…
Ha, o‘sha olovli nigohing quli.
Bir umr yashadim shu o'tga tashna,
Bo'lgim keldi mangu shu o'tning kuli.

Meni tanidingmi? Qara, men o'sha…
Orzularni quvib armonni tutgan.
Bu foniy dunyoda yolg'iz sen deya,
Sening baxting uchun o'zni unutgan.

Meni tanidingmi? Qara, men o'sha…
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Meni, TANIDINGMI

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20