Umri davonimda nega adashding?
Kõngil ayvonimda nega adashding?
Jonimdek bevafo chiqdinga oxir,
Bõğzu tovonimda nega adashding?
Parvonaman netay, jonim shamdadur,
Sandan ayrilmoğim har bir damdadur.
Tangrim ne baloliğ qismatga qõyding?
Õzi nigordayu, ishqi mandadur.
U bir gul, qõlimni tekkizsam bõlmas,
Yõliga yõlimni yetkizsam bõlmas.
Garchi gul kõngilman, gulzodadurman,
Guliga, gulimni tekkizsam bõlmas.
Shunday bir ishq berding yõlim qoldirmas,
Bittalab sarğaytar gulim qoldirmas.
Shundayin ishq berding,
shunday yondirar,
Hattoki bir siqim, kulim qoldirmas.
Õzi nigordayu ishqi mandadur,
Umri davonimda nega adashding?
Kõngil ayvonimda nega adashding?
Jonimdek bevafo chiqdinga oxir
Bõğzu tovonimda nega adashding?
Tangrim, na baloliğ qismatga qõyding?
Õzi nigordayu ishqi mandadur.