» O'Z YURTINGDAN QO'YMASIN JIGAR!
Turkiya, Qozog'iston, Ukraina, Suriya, Liviya, Fransiyadagi ketma ket notinchlikardan keyin har bir Vatandoshimiz o'ziga kerakli xulosani chiqarib oldi degan umiddaman. Azizlarim keling tinchligimizga shukrona aytib, Vatanimizning har bir qarich tuprog'ini ko'z qorachig'imizdek asraylik. Hurmat bilan Ahad Qayum
Ukraina tinib-tinchimay,
Turkiyada to'polon bunday,
Qayga boqsang qurol ovozi,
Suriyada havo tutunday.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Qanday baxtli odamsiz deyman,
Qarab har bir yurtdoshimizga.
Boshim egib, men ta'zimdaman,
Rahmat deyman yurtboshimizga.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Dunyo izlab, dunyodan kechma,
Bir o'tkinchi, qing'ir yo'l uchun,
Vataningdan kechma navsing deb,
Vataningdan kechma pul uchun.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Bir tomonda terrorning xavfi,
Boshqa yoqda narkotik vahmi,
Dinni niqob qilmish qay biri,
Qachon qurir bularning qavmi.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Oyoq qo'yma sen cho'g'ga bilib,
Qara, ko'plar ketdilar o'lib,
Qancha odam ko'zlarida yosh,
Qaytmoqdalar nogiron bo'lib.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
O'zga yurtda shoh bo'lguningcha,
O'z yurtingda gado bo'lgin deb.
Bekorga yozmagan shoh Bobur,
Tuprog'ing deb ado bo'lgin deb.
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Boshingga orttirmay dardisar,
Noshukur bo'lmagin birodar,
Quloq solgin Ahad Qayumga,
O'z joningga orttirma xatar,
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Fransiya tinib tinchimay,
Qozog'iston to'polon bunday,
Qayga boqma qurol ovozi,
Liviyada havo tutunday,
O'zga elda yurma darbadar,
O'z yurtingdan qo'ymasin jigar.
Метки: