Bolamni sog'insam
Uydan topaman,
Ko'ngilga malhamni
Kuydan topaman,
Yolg'izlatib qo'ysa
Yoru do'stlarim,
Onamni sog'insam
Qaydan topaman.
Yuragim zorini
Anglaguvchi yo'q,
Dardlarimbi aytsam
Tinglaguvchi yo'q,
Bu xasta ruhimni
O'nglaguvchi yo'q,
Onamni sog'insam
Qaydan topaman.
Bitta do'stni izlab
O'n raqib topdim,
Har bitta davrada
O'n habib topdim,
Har bitta dardimga
Yuz tabib topdim,
Onamni sog'insam
Qaydan topaman.
Yarim tunmi yoki
Goh sahar paytim,
Mehmondanmi, ishdan
Qaytarman balkim,
Uxlamay zor kutgan
U mushtiparim,
Onamni sog'insam
Qaydan topaman.
Meni yolg'iz tashlab
Ketdingku onam,
Jim yashab jiiim ketding
Beozorginam,
Yurakdan quduqday
Qonim so'rar g'am,
Onamni sog'insam
Qaydan topaman.
Qay manzilga boray
Kimlardan so'ray,
Onam mendan xafa
Emasmi bilay,
Do'stlar kimga borib
Men dardim yig'lay,
Onamni sog'insam
Qayga boraman.
Parchalab ketdingku
Yarim ko'nglimni,
Etim shoir o'g'ling
Ahad Qayumni
Amalga oshsin deb
Bitta orzumni,
Onamni sog'insam
Qayga boraman...
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!
Метки: Qaydan, SOG'INSAM, topaman., ONAMNI