Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» OTA ONANG ACHINARKAN SENGA FAQAT!
Boshinga bir sinov tushib qo'nsa kulfat,
Qochar ekan tanish bilish oshna ulfat,
Sevganing ham do'stlaring ham sotganida,
Ota onang achinarkan senga faqat.
Davlat topsang otanga ber onanga ber,
Xushyor bo'lgin begonaga aytmagin sir,
Gar yiqilsang, g'iybat bilan yerlar oxir,
Ota onang achinarkan senga faqat.

Mast bo'larsan omad qushing uchganida,
Bir kaliting yuzta eshik ochganida,
Bir qoqilsang, do'stu yoring qochganida,
Ota onang achinarkan senga faqat.

Goh adashib bir ko'chaga kirib qo'ysang,
Yoshlik qilib bilmay xato qilib qo'ysang,
Afsus chekib bu hayotdan goho to'ysang,
Ota onang achinarkan senga faqat.
Bahosi yo'q, ona mehrin, ona mehrin,
Biling do'stlar butun umr ota qadrin,
Hech kimsasiz qolib ketsang Ahad Qayum,
Ota onang achinarkan senga faqat
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: FAQAT!, ACHINARKAN, Ota, Senga, ONANG

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20