Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Qalbim tonggiga.
Quyosh botar yana qalbimda, 
Ufqda sokin mavj urar qonim. 
Sen ketgan dil qirg'oqlarida 
Izlaringni o'par armonim.

Eh, vafosiz ekansan yorim, 
Nechun ishqsiz qalbimni deding? 
Boqiy zulmat chulg'agan tunim 
Nechun tongga alishgan eding?

Endi tunim yulduzli emas, 
Hilola ham tashlab ketadi. 
Endi tongni tan olmas dilim, 
Sarob deya inkor etadi.

Faqat sendan so'nggi iltimos: 
Yolg'on diling qilmagin izhor, 
Tong bo'lmagin yana bir qalbda 
So'ng botmoqni qilsang ixtiyor.

«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Qalbim, tonggiga.

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20