Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» SENI YAXSHI KO'RAMAN JONIM
Baxtim mani, go'zalim mani, 
Tilimdagi g'azalim mani, 
Hammadan ham avzalim mani, 
Seni yaxshi ko'raman jonim. 
Yiroq ketsam yodimda bo'lgin, 
Yuragimda jonimda bo'lgin,
Butun umr yonimda bo'lgin, 
Seni yaxshi ko'raman jonim. 
Qara qanday sochlaring go'zal,
Ko'zing go'zal, qoshlaring go'zal, 
Sadaf kabi tishlaring go'zal, 
Seni yaxshi ko'raman jonim. 
Xayolimdan ketmaydi yuzing, 
Yuragimdan o'chmaydi izing,
Hayotimning mazmuni o'zing,
Seni yaxshi ko'raman jonim, 
Oshiq Ahad muhabbati chin, 
Ko'rsatganda sevgining kuchin,
Rahmat senga hammasi uchun, 
Seni yaxshi ko'raman jonim.

Baxtim mani, go'zalim mani, 
Tilimdagi g'azalim mani, 
Hammadan ham avzalim mani, 
Seni yaxshi ko'raman jonim.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: SENI YAXSHI KO'RAMAN JONIM, jonim, Seni, KO'RAMAN, Yaxshi

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20