Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Sevasizmi
Sevsang,
Osmonga chiq, oyni olib kel,
Tonglar vodiysini to'sha yo'limga!
Somon yo'llaridan chechaklar terib,
Baxtning shodasiday tutgil qo'limga!
Sevsang!
"Yoriltosh"dan chiqib kel, ozod!
Qanotlari bo'lsin otingning.
Moviy yog'dulardan go'shanga bezab,
Ostonamga kelib o'tingil...
So'ngra,
Borsa kelmasga borgil,
Devning changalidan olgil uzukni.
Bo'ronlarni yutib,
Tog'lardan o'tib,
Bosib kel adashgan xato yozuqni.
Yuragimga borar yorug' yo'llarda
Ichingdagi yovni mahv etgil, g'olib!
Tiriklik cho'qqisin yashil tog'idan
Havo tikkan tug'ni kel olib!
Sevsang...
           
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Sevasizmi

Похожие новости

    Реклама
    Популярные клипы
    Опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 20