Bir kun malikaga o'xshab qolaman,
Gul qadalgan oppoq libos olaman,
Muzdek yuraklarga o'tlar solaman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor,
Oyqizlar tegramda aytishar yor- yor,
Menga gullar tutar meni suygan yor,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini,
Singlimga tutqazib erka kuyimni,
Yig'lab tark etsam-da ota uyimni,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kuni yor-yorga to'lar samolar,
Yo'limda tutashar ko'kka olovlar,
Bobom va buvimdan olib duolar,