Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» SEVIB QOLISHDAN XAM QO'RQIB QOLIBMAN !!
Tovba axvolimga o'zim  xayronman,
Qo'rqoqlikni oshno qilib olibman ,
Charchapman sevishib so'ng ayrilishdan,
Sevib qolishdan xam qo'rqib qolibman !!

Balki bu so'zlarim bir oz kulguli,
Qalbimda nolalar yangrar qayg'uli,
Xammasidan to'yib ketdim shekilli,
Sevib qolishdan xam qo'rqib qolibman !!

Yol'g'onlar aytilib aldanar yurak,
Manzili yoq yo'llar kimga xam kerak,
Bunga guvox bolar osmonu falak,
Sevib qolishdan xam qo'rqib qolibman...

Xayotimni fasli burkanib kuzga,
Qurigan yaproqlar ko'rinar ko'zga,
Yuragimni  berib vafosiz qizga ,
Sevib qolishdan xam qo'rqib qolibman..

Yurak xam aldanib bezib ketarkan,
Savollar sabirni mag'lub etarkan,
Bu xolda ertaga Nelar bo'larkan,
Sevib qolishdan xam qo'rqib qolibman..

Mayli abdulloni ustidan kuling,
qo'rqoq deb ortimdan g'iybatim qiling,
So'zim xazil emas bir o'ylab ko'ring ,
Ammo men sevishdan qo'rqib qolibman !

Muallif : Abdullo (Abadiy)
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: SEVIB, QOLIBMAN, !!, XAM, QO'RQIB, QOLISHDAN

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20