» She'r
"YAGONASAN"
Bir lahza gar yonimda qolsang,
Dunyo bilan mening ishim yo'q.
Ko'zlaringda cho'kdim begumon,
Daryo bilan mening ishim yo'q.
Faqat isming tilimda yangrab,
Boshqa so'zlar bo'ldi begona.
Meni mendan judo aylama,
Ne qilaman to'lsa paymona?
Qizlar ko'pku dunyoda dema,
Boshqa qizga ehtiyojim yo'q.
Xotiramdan sendek go'zalni,
O'chirmoqqa hech ilojim yo'q.
Yagonasan, so'zimga ishon,
Hech kim sendek mehrparvarmas.
O'zgarasiz vaqt o'tsa dema,
Senga bo'lgan sevgim o'zgarmas.
Bir lahza gar yonimda qolsang,
Dunyo bilan mening ishim yo'q.
Tushlarimda chehrangni ko'rsam,
Ro'yo bilan mening ishim yo'q.
ALISHER MUQUMOV.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!
Bir lahza gar yonimda qolsang,
Dunyo bilan mening ishim yo'q.
Ko'zlaringda cho'kdim begumon,
Daryo bilan mening ishim yo'q.
Faqat isming tilimda yangrab,
Boshqa so'zlar bo'ldi begona.
Meni mendan judo aylama,
Ne qilaman to'lsa paymona?
Qizlar ko'pku dunyoda dema,
Boshqa qizga ehtiyojim yo'q.
Xotiramdan sendek go'zalni,
O'chirmoqqa hech ilojim yo'q.
Yagonasan, so'zimga ishon,
Hech kim sendek mehrparvarmas.
O'zgarasiz vaqt o'tsa dema,
Senga bo'lgan sevgim o'zgarmas.
Bir lahza gar yonimda qolsang,
Dunyo bilan mening ishim yo'q.
Tushlarimda chehrangni ko'rsam,
Ro'yo bilan mening ishim yo'q.
ALISHER MUQUMOV.
Метки:
Похожие новости
- SENSIZLIK mazmunli she'r
- she'r
- Ramazon oyi haqida she'r sherlar tabriklar tabrik 2018 yil
- Bitiruvchilar uchun sms qisqa she'r
- Bitiruvchilar uchun she'r
- 2017 Bitiruvchilari uchun yangi she'r
- 25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ UCHUN YANGI SHE'R
- Hayit arafasi kuni uchun tabrik she'r / Хайит учун шер 2017
- Xarbiy askarlar uchun 14-yanvarga she'r
- O'zbekiston xarbiy askarlari uchun yangi she'r - 14 yanvar tabrik sherlari