Sensizlikda yana bedorman.
Ko'zginamga kelmaydi uyqu
Ne qilayin vaslingga zorman
Qiynab qo'ydi meni bu tuyg'u.
Qani endi sevmasa yurak
Sog'inmasa seni xasta dil
Dilimda bor faqat bir tilak
Visolingni istaydi ko'ngil.
Bir soniya bahshida et yor
Yonginangda yor bo'lib turay
Men kutaman seni umirbot
Shu soniya mayli men o'lay...