Sizning borligingiz naqadar yaxshi...
Sizning borligingiz quvonchdir hadsiz.
Kulgularingizda gullarning raqsi,
Siz odam zotidan tug'ilgan baxtsiz...!
Köklam sizdan chiroy olgandir,illo,
Sizning nafasingiz bahoriy ifor.
Boshingizda Oylar yöq,ammo,
Shaxlo közingizning yulduzlari bor!
Hayoga termulgan nigohlaringiz,
Maloikalardek oydindir yuzlar.
Derlar: ön besh kuni qorongu oyning,
Mening öttizim ham yorugdir siz-la...!
Mavjudligingizdan ortiqroq baxt yöq,
Ortiq gözallik yöq kulgichingizdan.
Ranjimang izhorim kelsa, qilmang döq,
Rozi böling telba "suyguchingizdan"!