Jimgina kuzatding tark etganimda
Tunlari yig'larmiding sog'inganingda
Sevmading , tark etib bevafo dema
Sen ham kurasharding ishonganingda
Sevgim qiynamoqda men g'arib netay
Sog'indim Talpindim men oshiq netay
Senday bevafoni qanday unutay
Sen ham talpinarding ishonganingda
Balki bevafoman balki soddaman
Balki sevmasdirman balki telbaman
Balki hali hamon seni sevaman
Sen ham sog'inarding gar sevganingda
Osondir aybni birovdan topish
Sevgiga butunlay qolmadi xoxish
Balki ayb özimda aalki bu nolish
Majnundek sevdimu sevilmadimda