Muhabbatdan chalinsa soz,
Kuylar muborak bo'lsin!
Ko'ngil baxtdan etgay parvoz,
To'ylar muborak bo'lsin!!!
Bir yoqadan chiqarib bosh,
To'planishib do'st qarindosh,
Quvonchdadir keksayu yosh,
To'ylar muborak bo'lsin!
Ko'zingiz baxtdan kulsin,
Uyingiz nurga to'lsin,
Xush kelibsiz baxt qasriga,
To'ylar muborak bo'lsin!
Shodligidan quvnar yurak,
Yuragimda shudir tilak,
Bu oqshom eng go'zal ertak,
To'ylar muborak bo'lsin!
Muborak bo'lsin diydorlar,
Shirin suhbati xumorlar,
Qadri baland qadrdonlar,
To'ylar muborak bo'lsin!
Bugun shunday bir tantana,
Ko'z o'ngimda bayram mana,
Tabriklayman sizni yana,
To'ylar muborak bo'lsin!!!
Sizga hamma dilso'zlarim,
Oydinchehra, gulyuzlarim,
Baxtli bo'ling azizlarim,
To'ylar muborak bo'lsin!!!