Yetar bas xayolim buzavermagin,
Yashashdan umidim uzavermagin,
Xammasidan charchab ketdi yuragim,
Tunlari tushimga kiravermagin !!!
Xar kuni kelasan yig'laysan quchib,
Azob osmoniga ketaman uchib,
Ketgilarim kelar taqdirdan qochib,
Tunlari tushimga kiravermagin !!
Seni deb o'zimni yo'qotib qo'ydim,
Baqirgim keladi yonadi ichim ,
Axir bu axvoldan charchadim to'ydim,
Tunlari tushimga kiravermagin !!
Suratlarni yoqdim xatlarni yoqdim,
O'zimcha shu bilan maqsad o'rnatdim,
Bugun yana dardga tutashdi yo'lim,
Tunlari tushimga kiravermagin !!
Ne desang roziman roziman gulim,
Sensizlik dardidan Yengilroq o'lim,
Seni unutsam bas shu meni baxtim,
Tunlari tushimga kiravermagin !!!
Abdulloni qiynab ne foyda senga ?
Axir xayotingda butunlay o'zga,
Raxm qil shafqat qil iltimos menga ,
Tunlari tushimga kiravermagin !!
Muallif : Abdullo (Abadiy)