Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Visol nasib qilmagan armonim mening…
Yuragingga sig’madi hokisor sevgim,
Sevib ishontirolmagan gumonim mening.
Yo’lingda bo’zlab qoldi beozor sevgim,
Peshonamga bitilmagan armonim mening.
Bizga juda yarashardi sog’inib yashash,
Izlarga nigohlardan poyandoz to’shash,
Nasib etmadi afsus, bitta "baxt” yasash,
Taqdirdan kutilmagan armonim mening.
Rashk o’tida yonardim, birov senga qarasa,
Shamolga qasd qilardim, sochlaringni tarasa,
Orzu qilardim, sevgim bor umringga yarasa,
Baxt tomon yetolmagan armonim mening.
Yuragimga in qurdi, la’nati hijron,
Umid bog’im etagida izillar hazon,
Yetim qolgan sevgim, o’lolmay sarson,
Boy bergan, yutilmagan armonim mening.
Visol nasib qilmagan armonim mening…
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: mening…, qilmagan, Visol, Armonim, nasib

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20