Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» YANGI 2018 YIL QACHON BOSHLANADI?
Barcha dunyo xalqlari tarixda Yangi yil boshlanadigan kun deb har xil kunlarni tanlagan. Masalan, Qadimiy Misrda Nil daryosida har yili bo`lib o`tadigan suv toshqini kuni, ya'ni 19-iyulni  yangi yilning birinchi kuni deb belgilangan.
Barchamizga Navro‘z bayrami ma’lum. 21-mart kuni Eron, O‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlarda bahorgi ekin mavsumi boshlanishi yangi yil boshlanadigan kun deb qabul qilingan.

Sibirlik Evenklar Yangi yil kuni deb "bug‘u  shoxidagi terisini shiladigan kun”, ya‘ni iyun oyining birinchi kunlarini tanlagan. Uzoq Sharqda, Amur daryosi atrofidagi Tungus qabilalari esa daryoga har yili dengizdan million-millionlab suzib keladigan qizil baliqning urchishi, ya‘ni 10-15-sentabr kunlarini yilning boshi deb belgilaganlar.

Xitoy, Koreya, Yaponiya, va Vyetnamda Oy kalendari qo‘llanganligi sababli azaldan yangi yil 15-19–fevral kunlariga to‘g‘ri kelgan.

Qadimiy Rimning mashhur imperatori Yuliy Sezar kishilar uchun "eski yilda olingan pul qarzlarini to‘laydigan kun”ni yangi yilning boshi deb, 1-yanvar kunini tayinlagan. 17-asrga kelib Yevropa mamlakatlari yangi yilni ana shu kundan boshlash odatiga o‘tdi. Rossiyada 17-asrga qadar yangi yilni nishonlash 21-sentabr kuniga, ya‘ni hosil yig‘im-terimi oxiriga to‘g‘ri kelardi. Rus podshosi Pyotr I farmoni bilan 1-yanvar 1700-yildan boshlab yil boshlanadigan kun deb e‘lon qilindi. 

M.MUHAMMADIYEV tayyorladi.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: yil, BOSHLANADI?, QACHON, Yangi, 2018

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20