Odamlar ko'zida yursamda kulib,
Yolg'iz damlarimda ojizlar bo'lib,
Bu dardu g'amlardan chunaman to'lib,
Chekka chekkalarda yig'lab olaman,
Beg'amdek ko'rinar ko'rsangiz yuzim,
Xattoki namini yashirar ko'zim,
Xar qanday xolatda tutsamda o'zim,
Chekka chekkalarda yig'lab olaman,
Goxida yaqinim bilmas zorimni,
Ustun deb bilsamda g'urur orimni,
Xasratlar chertganda ko'ngil torimni,
Chekka chekkalarda yig'lab olaman,
Kamchilik yo'q diyman do'stu g'animga,
Birgina ALLOHIM malxam jonimga,
Bazida achinib xasta xolimga,
Chekka chekkalarda yig'lab olaman.