» Yig'lama yurak
Yana yurak sevdi yana yig'ladi,
Bevafolar bag'ru dilim tig'ladi.
Nega sening sevging yana bilmadi,
Qo'y endi yig'lama yig'lama yurak.
Bir go'zal sevmasa sevmabdi seni,
O'ksima, o'rtama, qiynama meni,
O'zi bevafolar bilarlar neni,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Har doim chin sevgi, vafo istaysan,
Ahir ular yo'q bo'lsa neni izlaysan,
Sof sevgi juda kam, buni bilmaysan,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Ul bevafoni sen endi suymagin,
Aldamchi hislarni sira tuymagin,
Ishqida faqat yonib kuymagin,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Sevgi sarobidan ado bo'ldingku,
Hiyonat dastidan qonga to'ldingku,
Go'yo ming tirilib ming bor o'ldingku,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Похожие новости
- Yurak sezsa oqibat kuchin.
- YIG'LAMA BOLAJON
- Yurak sezsa oqibat kuchin.
- Sog'inch sinar ekan yurak sabrini,
- "YURAK" Zafar Sobitov
- Telba ekan devona yurak,
- Chidolmas yurak (Shamshod Safar she'ri)
- Faqat uni so'rama yurak
- BAHORNING GULIDAN SIZGA GULDASTA, CHIN YURAK SO'ZLARIM SIZGA PAYVASTA. BIR ASR YASHANGU YANA BIR CHORAK, TUG'ILGAN KUNINGIZ BO'LSIN
- BAHORNING GULIDAN SIZGA GULDASTA, CHIN YURAK SO'ZLARIM SIZGA PAYVASTA. BIR ASR YASHANGU YANA BIR CHORAK, TUG'ILGAN KUNINGIZ BO'LSIN MUBOR