Dilim yarasiga tuzlarni sepgan,
Yiqilsam ustimdan ayamay tepgan,
Do'st bo'lib dushmandek kechiblar ketgan,
Yomonlar makridan charchadim ONA,
Men tomon g'iybatu bo'xtonlar otgan,
Bildirmay ilondek qo'ynimda yotgan,
So'zlari chayonning zaxridek botgan,
Yomonlar makridan charchadim ONA.