Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Yuragimning qoni bilan yozarman!
Adabiyot sha'ni bilan yozarman, 
Odob ila, ma'ni bilan yozarman,
Men shunchaki izlamasman qofiya,
Yuragimning qoni bilan yozarman!

Yozadirman sig'may ketsam olamga, 
Elning dardi qo'shiladi nolamga, 
Rahmim kelib xastagina onamga, 
Yuragimning qoni bilan yozarman!

Goh yozaman, qayg'u bilan g'am bilan, 
Goho yozgum ko'zimdagi nam bilan, 
Zulmat ichra keymoqdaman sham bilan, 
Yuragimning qoni bilan yozarman.

Bu she'rlarga kimlar oshiq bo'libdir, 
Ba'zilari mashhur qo'shiq bo'libdir, 
Ko'ngil qulfin ochgan eshik bo'libdir, 
Yuragimning qoni bilan yozarman.

Ijodimga xiyonatni bilmasman, 
So'zni sotib tirikchilik qilmasman, 
Dod desa ham jonga rahm qilmasdan, 
Yuragimning qoni bilan yozarman!

Meni ilhaq kutgan ko'zlarim uchun, 
Aziz muxlislarim, do'stlarim uchun, 
Va'da berib qo'ygan so'zlarim uchun, 
Yuragimning qoni bilan yozaman.

Har kun xatlar kelar ey Ahad Qayum, 
Bizlar seni yaxshi ko'ramiz o'g'lim, 
Ostonamda poylab tursada o'lim, 
Yuragimning qoni bilan yozarman!

Adabiyot sha'ni bilan yozaman, 
Odob ila, ma'ni bilan yozaman,
Men shunchaki izlamasman qofiya, 
Yuragimning qoni bilan yozaman!
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: bilan, Yuragimning, qoni, yozarman!

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20