Janubiy Amerika qit`asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 13-turida Braziliya terma jamoasi safarda Urugvay bilan o`zaro bahs olib borib, 4:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi.
Kolumbiya esa o`z maydonida Boliviya bilan kuch sinashib, Xames Rodrigesning yagona goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchdi.
Argentina terma jamoasi Lionel Messi tomonidan penaltidan urilgan gol tufayli 3 ochkoga ega bo`ldi. Quyida barcha o`yin natijalari bilan tanishish mumkin.
JCh–2018 saralashi. KONMEBOL
Urugvay – Braziliya 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Kavani, 1:1 – 19 Paulino, 1:2 – 52 Paulino, 1:3 – 74 Neymar, 1:4 – 90
Kolumbiya – Boliviya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 83 Xames.
Argentina – Chili 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 16, penalti Messi.
Paragvay – Ekvador 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Valdes, 2:0 – 65 Alonso, 2:1 – 70, penalti Kaysedo.
Venesuela – Peru 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 24 Vilyanueva, 2:0 – 40 Otero, 2:1 – 46 Karrilo, 2:2 – 64 Gerrero.