Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» ALVIDO SEVGILIM
Eng so'ngi so'zimni aytmoqchi edim,
Tinglamading meni dildagi dardim.
Ko'ngil berolmasang nima ham derdim,
Alvido sevgilim, alvido sevgim.

Tanlaganing bilan baxtli bo'lsang bas,
Mening hayotimni o'ylash shart emas,
Yuragim dod deydi yoriladi tars,
Alvido sevgilim, alvido sevgim.
Uchrashib, ko'rishib yurgandik birga,
Mos tushib niyatlar, ko'ngil ko'ngilga,
Bulbul oshiq ekan, bevafo gulga,
Alvido sevgilim, alvido sevgim.
Yig'layman, tunlari ko'zim to'la yosh,
Nahotki men sevgan malak bag'ritosh,
Joy bormi do'stlarim olib ketsam bosh,
Alvido sevgilim, alvido sevgim.

Men uchun yashashdan ma'ni yo'q endi,
Qalbimda muhabbat yomg'iri tindi,
Yuragim xo'p dedi, bariga ko'ndi,
Alvido sevgilim, alvido sevgim.
Unutma devona oshiq Ahadni,
Bilmading bechora jonga shavqatni,
Dardga aylantirding, dildagi baxtni,
Alvido sevgilim, alvido sevgim.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: ALVIDO, Sevgilim

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20