Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» ALVIDO so'ziga xaykal o'rnattim ......
Men bugun armonlar eshigin yopdim 
Sog'inch yo'llarini ko'mib tashladim 
U yerdan yurmasin xech qachon xech kim 
Yurakdan ismingni o'yib tashladim 

Visol onlarini o'chirdim vaqtdan 
Sevgi sharobini to'kib tashladim 
Yurakka sabrni so'radim xaqdan 
Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim 

Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar 
Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda 
Endi kunlarimda botmas kechalar 
Xatto soyang qolmas biron izimda 

Tinch qo'ydim, alamni xaydab yubordim 
U sening alaming yolg'iz seniki 
Xijronning ko'zlarin o'yib yubordim 
Kutib ol xijron xam seniki 

Men qaddim tikladim qadrim sinmagan 
Yurakka nafratni yozib o'rgatdim 
Xech qanday tuyg'uga boshin egmagan 
ALVIDO so'ziga xaykal o'rnattim ......
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: ALVIDO, so'ziga, ......, xaykal, o'rnattim

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20