Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» AQL VA QALB - ALISHER MUQUMOV
AQL VA QALB 

Aqlim deydi - unutgin uni, 
Bo'lma boshqa undan umidvor. 
Qalbim deydi - ozgina kutgin, 
U qaytadi bunga umid bor. 

Aqlim deydi - soddalik qilma, 
Sendan o'zga hamrohi bormish. 
Qalbim deydi - ishonma oshna, 
Bu aniqmas, shunchaki mish-mish. 

Aqlim deydi bu mojaroda, 
Yetti o'lchab, bir kesish ma'qul. 
Qalbim deydi o'ylab o'tirma, 
Yomon o'ydan voz kechish ma'qul. 

Aqlim deydi - ehtiyot bo'lgin, 
Bu his seni o'tda yoqadi. 
Qalbim deydi - tavakkal qilgin, 
Balki omad kulib boqadi. 

/Muallif: Alisher Muqumov/
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: MUQUMOV, VA, ALISHER, QALB, aql

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20