Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» VAFO ARBOBI - ALISHER MUQUMOV
VAFO ARBOBI (g'azal) 

Ayladim baxshida senga umrning har bobini, 

Hayf agar sen bilmasang mendek vafo arbobini. 

Olam-olam orzu baxsh etti ishqing ey aziz, 

Qiblayi maqsud deb bildim qoshing mehrobini. 

Muzlagan ko'ngilga qayta jon bag'ishlar lablaring, 

Tutmagin mendan darig', ey yor, la'ling nobini. 

Dilni moyil ayladi sevdim degan shirin so'zing, 

Ko'rmasaydim ishqilib men ayriliq girdobini. 

Qolmasin suv ostida deb qo'rqaman dunyo, agar, 

To'ksa hijroning ko'zimdan dardu g'am selobini. 

Doyimo derlar: Alisher, orzuning aybi yo'q, 

Menga vasling orzu, kutmoqdaman ro'yobini. 

/ Muallif: Alisher Muqumov /
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: MUQUMOV, VAFO, ARBOBI, alisher

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20