Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Bir kunim
Yuzimni onamdek silasa sabo,
Rayhon taraladi kokillarimdan.
Toshlariga qo’shib oqizdi daryo,
Meni chaqirib ol, sohillaridan.

Bayrog’i bo’ldim men qizil shafaqning,
Shom langar tashladi lahzalarimga.
Poylarini o’pib, quchdim tuproqning,
Endi ne yozilgay sahfalarimga?

Nigohimda gullar tuyg’ular izsiz,
Tomirimga sig’may yig’laydi qonim.
O’rmak yuguraman yozsiz va kuzsiz,
Sen meni kechirgin, qil bo’lgan jonim.

Kuzoynagin taqib ulgurmay quyosh
Nimalarni ko’rar ufqdan-ufqqacha?
Ko’ksimga bosh qo’yib, yig’layotgan tosh
Neni joylayapsan ichdan-ichgacha?

Qizil shamlarini yoqqanda samo,
Qora tashvishlari ortdi havoning.
Tunni yelkalagan ey, bedil dunyo,
Mening yuragimga botdi tovoning.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Bir, kunim

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20