Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» BIZ SEZMADIK BIRODARLAR!!! (SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF XOTIRALARIGA)
Yonimizdan shunday daryo oqib ketdi,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Iymon nuri ne dillarni yoqib o'tdi,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

Yolg'on dunyo, yolg'on yashash har bir dami,
Tirikchilik yugur yugur ro'zg'or g'ami,
Bir insonda haqiqatning ekan jami,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

Namoz desa qulog'imiz kar bo'lardi,
Miya to'la mol tashvishi, zar bo'lardi,
Takrorlardi ko'zni oching deya ul zot,
So'zlariga quloq tutsak zo'r bo'lardi.

Yo'limizni gunohlardan hech to'smadik,
Nega hoyu havaslardan baxt izladik,
Ko'p nasihat qilardilar bizga ustoz,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

Biz sezmasdik qora bilan oqning farqin,
Biz sezmasdik sof vijdonning asl narxin,
Halol harom barin bizga qilsa sharhin,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

Yig'lab yig'lab yo'qlagayman endi qabrin,
Biz afsuski endi bildik ustoz qadrin,
Har yurakda quribdilar iymon qasrin,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

Bu musibat og'ir keldi barchamizga,
Davo yo'qdir endi ko'ngil yaramizga,
Shunday inson yashar edi oramizda,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

U dunyoda bizdan rozi bo'ling ustoz,
Biz g'aflatda mudrabmiza nega biroz,
Bir hokisor zot edilar olim hassos,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.

Ahad Qayum endi she'rlar yozar yig'lab,
Ul ustozni xotirlayman bag'rim tig'lab,
Ustozlarni xotirlaylik ustozlarni,
Bu ko'ngilni oqibatga qattiq bog'lab.

Ustoz aytgan har bir so'zdan dil uzmadik,
Yot g'oyadan, yot ma'nodan so'z tuzmadik,
Ma'rifatga chaqirganda bizni ustoz,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: MUHAMMAD, Biz, YUSUF, BIRODARLAR!!!, XOTIRALARIGA), SODIQ, (SHAYX, SEZMADIK

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20