Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» SIZNI SOG'INDIK USTOZ (SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF XOTIRALARIGA)
Qulog'imiz ostida,
Jaranglaydi bir ovoz.
"Nahot" deymiz ba'zida,
Sizni sog'indik ustoz.

Bo'lar bo'lmas suhbatlar,
Yaxshilarga tuhmatlar,
Tugamaydi g'iybatlar,
Sizni sog'indik ustoz.

Kim do'stiga tosh otar,
Og'ir gunohga botar,
Kimdir ilmini sotar,
Sizni sog'indik ustoz.

Savol bordir hammada,
"IYMON" degan kemada,
Eslayman har jumada,
Sizni sog'indik ustoz.

Shogirdlar qator qator,
Yaxshiyam kitoblar bor,
O'qiymiz takror takror,
Sizni sog'indik ustoz.

Sizni ko'rgan odamlar,
Xotirlar ko'zda namlar,
Yurak titrar har safar,
Sizni sog'indik ustoz.

Yetmayin qadringizga,
Yig'lashar qabringizda,
Bosh egib sabringizga,
Sizni sog'indik ustoz.

Ustoz, bu foniy dunyo,
Yolg'on tush kabi go'yo,
Dardga izlasak davo,
Sizni sog'indik ustoz.

Nur to'la yuzlaringiz,
Nasihat so'zlaringiz,
Topolmay izlaringiz,
Sizni sog'indik ustoz.

Kelajak avlodlarga,
Ko'p so'zlaymiz siz haqda,
Jim, yolg'iz qolgan vaqtda,
Sizni sog'indik ustoz.

Hikmat marjoni tengsiz,
So'zlardan oqar dengiz,
Ochganda kitobingiz,
Sizni sog'indik ustoz.

Ahad Qayum yig'laydi,
Yuragini tig'laydi,
Ba'zan chidab bo'lmaydi,
Sizni sog'indik ustoz...
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: MUHAMMAD, USTOZ, SOG'INDIK, SIZNI, YUSUF, XOTIRALARIGA), SODIQ, (SHAYX

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20