Ayolni nomini bulg'ama do'stim,
Axir sen xam ayol bolasisanku,
Aslo yomon yo'lga chorlama do'stim,
Axir bir qizchani otasisanku !
Qaytar dunyo deydi asli dunyoni,
Xar ishning savobi javobi xam bor,
Lanatiga qolib ketma samoni,
Razolat insonni bir kun qilar xor,
Suyaksiz tildir bu erkinlik berma ,
Nimalar demaydi jim qo'yib bersang,
Boshingga dard kelsa birovdan ko'rma ,
Xammasi olloxdan bo'ladi bilsang !
Parvoz et ammo xech kibrlanmagin,
Shunda xech kimsadan bo'lmagaysan kam,
Dostim Abdullodan xafa bo'lmagin ,
Iloxo xech qachon yo'qlamasin g'am!!
Ayolni nomini bulg'ama do'stim,
Axir sen xam ayol bolasisanku,
Aslo yomon yo'lga chorlama do'stim,
Axir bir qizchani otasisanku !
Muallif ; Abdullo (abadiy)