Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...
"Onamga" 

Oh, mening ortimdan ovvora onam, 
Bir parcha yuragi ming pora onam. 
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda, 
Toshkanni ko`rmagan bechora onam. 
Bolang bo`lib bir bora boshlab keldimmi, 
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi, 
Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q, 
Bilaman kutasan sandan to`la cho`g`, 
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q: 
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom. 
Senga na gul berdim na shirin kalom, 
Endi men ham o`g`ilmi onam?... 
Deysan: olislarda omon yursang bas, 
Bolam, senga hamma qiladi havas... 
Ahir mening dardim she`r emas faqat, 
Men mashhur shoirmas, mashhur beshafqat, 
Endi men ham senga o`g`ilmanmi ayt?... 
Shaning she`r bitdim. U seni topsin, 
Poyinga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin. 
Undan ham ulug`in borligin ko`rsin, 
Men uchun ham aziz holingni so`rsin. 
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi onam, 
Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: Endi, ogilmi, Ham, men, Onam!..., Senga

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20