Zamon og'ir dunyo murakkab,
Yashayapmiz yurakni aldab.
Tashvishlarku bo'ladi bir gap,
O'zingizni ehtiyot qiling!
Mayli hayot ming ko'yga solsin,
Dard degani domiga olsin.
Dunyolari boshida qolsin,
O'zingizni ehtiyot qiling!
Odamlarga boqasiz quyuq,
Deysiz uning zarra gardi yo'q.
Qo'ying endi kimning dardi yo'q.
O'zizngizni ehtiyot qiling !