Bolalik qasrida shox sulton edim
Oy edim toy edim sho`x shodon edim
Kecha bag`ringizda erkajon edim
Erkajoni erta quchdimu armon
Buncha tez ulg`ayib qoldim onajon
Suyansam kim soya Kim bo`lar qoya
Kimda Xasat kimda ezgulik g`oya
Kimda Ibrat kimda pinxon kinoya
Bugun atrofimda yaxshiyu yomon
Buncha tez ulg`ayib qoldim Onajon
Kimdur yetaklaydi kimdur ezadi
Qo`lin cho`zmaydiyu ko`nglim sezadi
Aqlim yetmaydiyu yurak sezadi
Biryog`im buyobon biryog`im bo`ston
Buncha tez ulg`yib qoldim onajon
Bo`yimga qaramang o`yimga qarang
Alamlar kuylangan kuyuimga qarang
Ko`zyoshimda toshgan soyimga qarang
Uzur bolaligim uzur qadirdon
Buncha tez Ulg`ayib Qoldim Onajon