» Onajon sog'indim
Goho yoshlik qilib qalbingiz tildim,
Kechiring mendayin farzandingizni.
Olis yurtlarda men qadringiz bildim,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Har tong issiq non yo'q dasturxonimda,
Oromim yo'q na kunim, na tunimda.
Garchi shuncha yaqinlarim yonimda,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Hayolimdan ketmas har-bir so'zingiz,
Tushimda ko'raman nurli yuzingiz.
,,Bolam- qayda bo'lsang omon bo'l" deysiz,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Omadim, baxtimni so'rab xudodan...
Bilaman, qo'lingiz tushmas duodan,
Qanday qarzim uzay siz mehridayodan?
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Xayot o'z yo'lida etadi davom,
Baxtimga sog'-omon bo'ling avvalom,
O'g'lingizdan sizga sog'inchli salom,
Onajon, sog'indim sizni
Похожие новости
- Seηi SOG'INDIM deb αytα olmαdim,
- Onajon
- OTAJON, SOG'INDIM SIZNI YOMONAM
- Seηi SOG'INDIM deb αytα olmαdim,
- Men seni sog'indim SOG'INDIM yomon.
- OTAJON, SOG'INDIM SIZNI YOMONAM
- Siz yig'lameng onajon
- Sog'indim
- Sizni yana sog'indim
- ⚜ Sog'indim juda xam, juda xam qattiq ⚜ Chunki sevamanda jonimdan ortiq ⚜ Yonimda bir lahza bo'lishing uchun ⚜ Senga dunyolarni qilaman tort