Hayot qadrin bilaylik,
Do'stga omad tilaylik,
Kelinglar azizlarim,
Oqibatli bo'laylik
Aka-uka qarindosh
Bir yoqadan chiqsin bosh,
Jam bo'lishib keksa-yosh
Oqibatli bo'laylik.
Yaxshi yomon kunlar bor,
Dushmanga qilmasin xor,
Do'stlarga qilmasin zor,
Oqibatli qilaylik.
Bilmay ranjitsa birov,
Dildan o'chiring darrov,
Bu ham katta bir sinov,
Oqibatli bo'laylik.
Mehrga to'lib turing,
Intizor bo'lib turing,
Qo'ng'iroq qilib turing,
Oqibatli bo'laylik.
Tez-tez gaplashib tursak,
Dildan dardlashib tursak,
Diydorga tashna yurak,
Oqibatli bo'laylik.
Mehribon yaqinlarim,
Bebaho, durim zarim,
Uzoqlashmang jigarim,
Oqibatli bo'laylik.
Ba'zan bo'sh vaqt topgan kez,
Ko'rishib tursak tez-tez,
Mehr ko'zda bilsanggiz,
Oqibatli bo'laylik.
Mol-dunyo o'tib ketar,
Yaxshi so'z ortdan qolar,
Ko'zingni ochgin jigar,
Oqibatli bo'laylik.
Ahad Qayum yozdi she'r,
Dillarni bog'layman der,
Ey do'stim, qo'lingni ber,
Oqibatli bo'laylik.
Hayot qadrin bilaylik,
Do'stga omad tilaylik,
Kelinglar azizlarim,
Oqibatli bo'laylik