Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» OQIBATLI BO'LING ODAMLAR!
Do'stlar, qadrdonlar qadrini biling, 
O'tkinchi dunyoda mehrli bo'ling, 
Yashanglar qo'l berib bir biringizga, 
Shirin so'z ulashing yaxshilik qiling,
Uzilmasin, yo'llar qadamlar,
Oqibatli bo'ling, odamlar!

Umr g'animatdir, g'aflatga botmang,
Nomardning minnatli tuzidan totmang,
Mol - dunyo topay deb, obro' topay deb, 
Or - nomusni sotmang, vijdonni sotmang,
O'zgarsa ham qalblar, olamlar,
Oqibatli bo'ling odamlar!

Baxt nima, otangiz ko'zida quvonch,
Baxt nima, onangiz yuzida quvonch,
Demak siz, bekorga yashamayapsiz,
Bolangizning bo'lsa so'zida ishonch,
Orzulardan to'shab gilamlar,
Oqibatli bo'ling, odamlar!

Hayot qanday shirin, qanday go'zaldir,
Yoshlikning har oni she'rdir, g'azaldir,
Bevafo qo'lini tutgandan ko'ra,
Bu dunyodan yolg'iz o'tgan afzaldir,
Do'st bo'lolmas makkor sanamlar,
Oqibatli bo'ling, odamlar!

Havasda yashaylik, xasadga to'lmay,
Qarindosh, qondoshdan yiroqda bo'lmay,
Aka ukasidan kechmasin aslo,
Do'st bilan dushmanning farqini bilmay,
Birlashaylik, keling odamlar,
Oqibatli bo'ling, odamlar!

Diydor sari shoshing, g'iybatdan qoching,
Odamni buzguvchi g'urbatdan qoching,
Ahad Qayum so'rar sizdan, azizlar,
Dillarni nur bezar, mehringiz soching.
Yaxshilikdan yozsin qalamlar,
Oqibatli bo'ling, odamlar!
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: ODAMLAR!, Oqibatli, BO'LING

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20