» OTAJON, SOG'INDIM SIZNI YOMONAM
Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Har kun tushlarimda suhbat qilaman.
Yolg'izlik qiynaydi hamma tomondan,
Endi vaqt ortiga qaytmas bilaman.
Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Do'stlarim ko'zimga qarab aldaydi.
Xasadlar, g'iybatlar o'tsa jonimdan,
Jonim og'riyverar, yurak yig'laydi.
Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Shu kunlarda g'amdan siqilib ketdim.
Go'yo yashayapman kulib yolg'ondan,
Bugun armon bo'ldi kechagi baxtim.
Otajon, sog'indim sizni yomonam.
Yig'layman, otasi borlarni ko'rsam.
Qaniydi yonimda bo'lsaydiz bir zum,
Mahkam, qattiq-qattiq quchoqlab olsam.
Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Shirin xotiralar ichra yashayman.
Sizsiz men ba'zida katta bog' ichra,
Yolg'iz bir daraxtga goho o'xshayman.
Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Tinch yoting, mendan hech olmang Xavotir.
Siz bergan tarbiya bilan armonsiz,
Yashayapman qarang mana ming shukr.
Ahadning dardini hech kim tushunmas,
Ovozimda ingrar mungli taronam.
Kimgadir gapirsam balki ishonmas,
Otajon, sog'indim sizni yomonam.
Похожие новости
- OTAJON, SOG'INDIM SIZNI YOMONAM
- Sizni yana sog'indim
- SIZNI YAXSHI KO'RAMAN ONA
- Öxshata olmayman sizni xech kimga ..?!!
- Seηi SOG'INDIM deb αytα olmαdim,
- SIZNI SOG'INDIK USTOZ (SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF XOTIRALARIGA)
- SIZNI YAXSHI KO'RAMAN ONA
- Öxshata olmayman sizni xech kimga ..?!!
- Seηi SOG'INDIM deb αytα olmαdim,
- Men seni sog'indim SOG'INDIM yomon.