Salom Baxor!
Suyukligim, go'zal Bahor
Betakrorsan,
Qalbing doimo beg'ubor,
Bugun quyosh salomingni,
Menga yetkazdi, qo'lin tutqazdi
Sog'inchlardan bugun ko'zyoshlarim,
yomg'irga aylandi,dardga boylandi.
Men kuz fasliman seni sog'ingan,
Men kuz fasliman senga talpingan.
Lekin avsus qismat ekan bizlar,
Diydorlashish hech nasib etmagan.
Sen qaytarib bergan Daraxtlarni,
Nafasing Tegib o'tgan yerlarni,
Qattiq quchoqlasam, Faryod ursam,
Har safar hazonga aylanadi.
Ming bor avsus, ming bor afsus,
Yonmayon emas ekan Bahor-Kuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasha olmas ekanmiz yuzma- yuz